«Real» hujumchisi Vinisius Junior nima sababdan 2017 yilda «Barselona» klubidan boʼlgan qiziqishlarga qaramay, «qirollik klubi» bilan shartnoma imzolashga qaror qilgani haqida gapirdi.
«Bularning barchasi Chilidagi 17 yoshgacha boʼlgan Janubiy Аmerika chempionatidan qaytganimdan soʼng sodir boʼlgandi. Matbuotda tarqalgan mish-mishlarga ishonmasdim. Biroq bu haqiqatdan ham sodir boʼldi, «Real» va «Barselona» klublari menga taklif bilan chiqishdi. Qaror qabul qilish uchun atigi uch kun vaqtim bor edi. Men har doim buyuk klub safida oʼynashni xohlaganman, shuning uchun «Real»ni tanladim.
«Real» transferim uchun 46 million yevro toʼlagani menga qoʼshimcha bosim yuklardi. Men nimalarga qodir ekanimni isbotlashim zarur edi. Yaxshiyamki, birinchi mavsumdayoq juda koʼp oʼyinlar oʼtkazdim. Hozir «Real» safida 50ga yaqin bahsda maydonga tushganman. Bu yoshda hamma ham bunday natijaga erishavermaydi», – deb Vinisiusning soʼzlarini keltiradi FourFourTwo nashri.
Maʼlumot uchun, 19 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 19ta oʼyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.
Manbaa: tribuna.uz
14-Mart 2020,12:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0