"Barselona" sardori Lionel Messi jahon bo'ylab tarqalayotgan COVID-19 koronavirusi tufayli muxlislarga murojaat yo'lladi."Qiyin kunlarni boshdan kechiryapmiz. Juda ham qiyin holatda qolgan insonlarning o'rniga o'zimizni qo'yib ko'ramiz. Ular shifoxonalarda kasallik bilan kurashishyapti. Bunday insonlarga ko'p kuch yuborishni istardim. Sog'liq birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Bu eng muhim palla. Shuning uchun sog'liqni saqlash tashkilotlari vakillarining maslahatlariga amal qilishingiz kerak. Faqat shunday yo'l orqali kasallik bilan samarali kurasha olishimiz mumkin. Hozir barcha mas'uliyatni his qilgan holda uyda o'tirishingiz kerak. Yaqinlaringiz davrasida zavqlanish uchun ideal vaqt. Barchangizni quchaman. Umid qilaman, vaziyatdan tezroq chiqib ketamiz", - deya yozdi Messi "Instagram"dagi sahifasi orqali.
14-Mart 2020,22:00
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0