Ispaniya Futbol Federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales Primera chempionligini aniqlash borasida fikr bildirdi.
"Sovrin maydondagi o'yinlar orqali yutilishi kerak va hech qanday adolatsizlik bo'lmasligi kerak. Agar mavsum bir maromda yakuniga etmasam, "Barselona" chempion deb tan olinmaydi. Bu g'irromlik bo'ladi.
Musobaqa tiklanishi kerak. Agar UEFA kim chempion bo'lganini va ligani kim tark etganini so'rasa, u holda ularga o'z mezonimizni aytamiz. Men barcha narsa maydonda hal bo'lishini xohlayman.
Primera 30 iyun kuni yakunlanishi kerak. Ammo bu oxirgi sana bo'lmasligi kerak. La Liga xotirjam bo'lsa bo'laveradi. Barchasi oxirgi evrochaga to'lanadi. Barcha va'da qilingan narsalarni amalga oshiriladi. Endi bizga xotirjamlik kerak", - dedi Rubiales.
18-Mart 2020,11:00
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0