«Barselona» va «Atletiko» klublari Antuan Grizmann ishi bo'yicha o'zaro norasmiy kelishuvga erishishdi. Bu haqda El Mundo va As nashrlari xabar tarqatdi."Ko'k-anorranglilar" frantsiyalik futbolchi bilan muddatidan avval muzokara boshlagani uchun «Atletiko»ga 15 million evro to'laydigan bo'ldi. Kelishuvga ko'ra, "matraschilar" Grizmann agentining "Barsa" bilan yozishmalarini keng ommaga oshkor qilmaydigan bo'lishdi.Shuningdek, mazkur kelishuv doirasida «Barselona» madridliklar 5 nafar futbolchisining birinchi bo'lib sotib olish huquqini qo'lga kiritishdi. Ular orasida Xose Ximenes va Saul Niges kabi futbolchilar bor. Kataloniyaliklar bu huquqni to'laqonli qo'lga kiritish uchun 3ta shart bajarilishi kerak: futbolchining «Atletiko»ni tark etish istagi, "Atletiko"ni qoniqtiradigan summa va jamoaning o'yinchini sotish xohishi.Har ikkala klub to'langan summa Grizmann ishiga bog'liq ekanini inkor qilmoqda.Eslatib o'tamiz, Grizmann 2019 yilning 1 iyulidan keyin 120 million evro evaziga «Barselona» safiga o'tgan edi. Bu sanagacha — "ko'k-anorranglilar" futbolchi bilan muzokarani boshlagan paytda uning transfer summasi 200 mln evro teng bo'lgan edi.
22-Oktyabr 2019,21:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0