"Cadena Cope" ispan radiostansiyasining xabariga ko'ra, "La Liga" rahbarlari 30-iyunga qadar Ispaniya chempionatini yakunlashmoqchi. Rejaga ko'ra o'yinlar har ikki kunda bir o'tkaziladi. Bunga sabab sifatida esa bir necha 10 000 kishining hayotiga zomin bo'lgan "Koronavirus" pandemiyasining qachongacha davom etishini taxmin qilib bo'lmasligini ko'rsatishmoqda.
"La Liga" prezidenti Xavier Tebas payshanba kuni 20 ta klub rahbariyati bilan uchrashgan va o'z rejalarini bayon qilgan:
"Tog'ri hali 11 ta tur, Ispaniya kubogi o'yinlari va qolaversa, "Chempionlar ligasi" baxslari ham bor. Agar rejamizni mayning o'rtalari yoki oxirlarida boshlasak ham iyun so'nggiga qadar chempionatni yakunlashimiz mumkin."
Eslatib o'tamiz, "EURO - 2020" 2021-yilga qoldirilgandan so'ng UEFA liga chempionatlariga qolgan turlarni biroz kechroq yakunlashga imkon bergan. Lekin, biz "La Liga" chempioni kim bo'lishini muddatidan oldin ko'radiganga o'xshaymiz.
20-Mart 2020,16:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0