«Bavariya» klubi 2021 yilning yozida «Barselona» darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni qo'lga kiritishni mo'ljallamoqda.Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, myunxenliklar 27 yoshli darvozabondan "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirmaslikni so'ragan. Germaniyalik posbonning "Barsa" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.«Bavariya»ning fikricha, shu tariqa «Barsa» bir yildan keyin Ter Shtegenni bepul qo'ldan chiqargandan ko'ra, uni sotish variantlarini ko'rib chiqishga majbur bo'ladi. Mark-Andrening o'zi «Kamp Nou»da qolishga tayyor, faqat yangi shartnoma orqali klub u istagan maoshni bersa. «Bavariya» posboni Manuel Noyerning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Ter Shtegen esa uning o'rnini egallashi kutilmoqda.
27-Mart 2020,00:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0