Turkiya terma jamoasi, "Fenerbahche" va "Barselona" klublari sobiq darvozaboni Ryushtyu Rechber koronavirusga chalindi. Bu haqda uning turmush o'rtog'i Instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.
"Bu haqda xabar berayotganimdan afsusdaman, ammo erim Ryushtyu kasalxonada koronavirus tashxisi bilan yotibdi. Simptomlarning juda ham tez rivojlanganidan hayratda qoldik. Hammasi o'z o'rnida edi.
Test topshirdik. Qizim va o'g'limda test salbiy natija ko'rsatdi, erimda esa ijobiy. Bizga uning oldiga kirishga ruxsat berishmayapti va bu eng qiyinidir", – deb yozib qoldirdi Rechberning ayoli.
Eslatib o'tamiz, darvozabon Turkiya terma jamoasidagi faoliyati bilan mashhur. Rechber 2002-yildagi jahon chempionatida terma jamoa haloskoriga aylangan va jamoasiga medallarni taqdim etgan edi.
29-Mart 2020,09:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0