UEFA Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi o'yinlari paytida klublar tomonidan yo'l qo'yilgan turli qoidabuzarliklar tufayli jazo choralarini e'lon qildi. «Barselona» klubi EChLning 1/8 final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi bo'lib o'tgan dastlabki o'yin (1:1) kechroq boshlanishiga sabab bo'lgani tufayli 15 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.«Bavariya» esa 40 ming evro miqdorida jarima to'laydigan bo'ldi. Shundan 20 ming evroni EChLning nimchorak final bosqichida "Chelsi"ga qarshi o'yinda muxlislar tomonidan ko'tarilgan tajovuzkor mazmundagi banner uchun, qolgan 20 ming evroni esa mazkur uchrashuvda muxlislar o'tirgan tribunada yuzaga kelgan tartibsizlik uchun.«Atletiko» muxlislari «Liverpul»ga qarshi uy bahsida stadionga kirish yo'laklarini berkitib qo'yishgani uchun "matraschilar" 24 ming evro miqdorida jarima to'lashadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yinida fanatlar pirotexnika vositalaridan foydalanishgani bois mersisaydliklar 3 250 evro miqdorida jarimaga tortilishdi.«RB Leyptsig»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi o'z vaqtida boshlanmagani tufayli «Tottenxem» 20 ming evro jarima to'lasa, londonliklar ustozi Joze Mourino o'yinning boshlanishini kechiktirgani uchun ogohlantirildi. Evropa ligasida eng yirik jarima «Ayaks»ga solindi. Klub «Xetafe»ga qarshi bo'lib o'tgan 2ta o'yinda jamoa a'zolari va muxlislarning xulq-atvori, maydonga buyum uloqtirilgani va keltirilgan zarar uchun 64 250 evro miqdorida jarima to'laydi.
1-Aprel 2020,08:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0