Yuzaga kelgan koronavirus bilan bog'liq inqiroz tufayli «Barselona» o'zining transfer siyosatini o'zgartirishi mumkin.Kataloniyaliklar bozorni o'rganib, o'z klubi bilan shartnomasi yozda yakunlanadigan yoki shartnoma muddati tugashiga 1 yildan kamroq vaqt qolgan o'yinchilarni qidirmoqda. Ma'lumki, bunday o'yinchilarni bepul yoki ancha arzon narxga qo'lga kiritish mumkin.Inqiroz «Barselona»ning "qo'li"ni kalta qilib qo'yishidan klub xavfsiramoqda. Pandemiya tarqalishidan oldin jamoa yozgi transferlar uchun 140 million evro topishi kerak edi. Musobaqalar to'xtab qolgani uchun «Barsa»ning daromadlari keskin kamayib ketdi. Shuning uchun jamoa o'yinchilarning maoshlarini 70 foizga qisqartirishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari, "ko'k-anorranglilar" xarajatlarni qisqartirishning boshqa yo'llarini ham qidirishmoqda.
3-Aprel 2020,06:30