«Barselona» klubi darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Ushbu haftada kataloniyaliklar germaniyalik posbonning agenti bilan shartnoma bandlarini muhokama qilishdi. Ammo moliyaviy jihatdan ular bir to'xtamga kela olishmayapti. Ter Shtegen hozirgiga nisbatan ikki baravar ko'proq maosh istamoqda. Bu taxminin 10 million evro yillik maoshga teng bo'ladi. Futbolchiga boshqa top-klublardan ham qiziqishlar mavjud.Mart oyi boshida «Barsa» unga yillik maoshi 6,5 million evroga teng bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qildi. Ammo Mark-Andre bunga rad javobini berdi. Shundan so'ng "ko'k-anorranglilar" "5+3" ko'rinishidagi yangi shartnoma taklif qilishdi. Ammo bu taklif ham darvozabonni qoniqtirmadi. 27 yoshli o'yinchi bilan muzokaralar oson kechmayotgani uchun klub prezidentining shaxsan o'zi jarayonga qo'shilmoqchi.
3-Aprel 2020,07:10