Paragvay politsiyasi Braziliya terma jamoasining sobiq oʻyinchisi Ronaldinyo va uning akasining soxta hujjatlar bilan qamoqqa olinishiga sababchi boʻlgan ayolni qidirmoqda.
Braziliya OAVning maʻlum qilishicha, futbolchi va uning akasi kambag'al bolalarga bepul tibbiy xizmat ko'rsatishni va'da qilgan "Fundacion Fraternidad Angelical" bilan birgalikda xayriya atsiyasini o'tkazish uchun Paragvayga yo'l olgan.
"La Nacion"ning xabar berishicha, soʻroq paytida "soʻyloq" va uning akasi aybdor sifatida fon rahbarlarini koʻrsatishgan. Ular mashhur futbolchini Paragvayga taklif qilishgan va soxta hujjatlar bilan taʻminlashgan. Uning ayni paytdagi passporti esa soliqlardan boʻyin tovlaganlik uchun musodara qilingan. Jamgʻarmaning rahbari esa 48 yoshlik Daliya Anjelika Lopes ismli ayol.
Unga rasman qidiruv eʻlon qilingan boʻlsada, hali oʻzini topilgani yoʻq. Politsiya tomonidan tekshirilgan xayriya uchun ajratilgan uydan faqatgina Ronaldinyoning surati tushirilgan 5000 ta shardan boshqa hech vaqo topilmagan.
Agar Lopesning braziliyaliklarni chuv tushirgani oʻz tasdigʻini topsa ular Paragvay sudi tomonidan oʻsha ondayoq ozod etiladi.
3-Aprel 2020,19:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0