Robino maydon ichida ham uning tashqarisida ham birdek faol hayot tarzini olib borgani bilan juda mashxur desak, adashmagan bo'lamiz. Taniqli “Marca” nashri braziliyalik futbolchining hayratlanarli intervyularini bir erga jamlab, e'tiboringizga havola etadi.
“Real Madrid”ga kelish va yangi orzular
Robino “Santos”dan “qirollik klubi” safiga borib qo'shilganida, barcha uning kelajagi porloq ekaligini bashorat qilgan edi. O'z vaqtida hujumchisini Katoliniyaning “Barselona” jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi ham bo'lganidan xabaringiz bormidi?
“Madridga ko'chib kelganimda, bu erda bir nechta ajoyib braziliyalik yigitlarga ko'zim tushdi. Bundan tashqari, Vanderley Lushenburg jamoa murabbiyi edi. Shunday ekan, “Barselona”ga o'tishimdan nima naf?
“Ko'pchilik mening “oltin to'p”ga ega chiqishimni bashorat qilganidan xabarim bor. Qachonki sen haqingda shaxan Pele so'zlasa, bu insonlarga ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Bizni juda ko'p solishirishgan. Shunga qaramay, yangi Pele hech qachon bo'lmaydi. Bugun ham ertaga ham yangi Pele paydo bo'lmaydi.
“Debyut uchrashuvim juda ajoyib o'tgan. Endigina Madridga ko'chib kelganim bois, juda asabiylashar edim. Menga birinchi bor to'p uzatishlari bilan o'zimda engillik his etdim. Darrov “Kadis” futbolchisini osonlik bilan aldab o'tdim va hammasi shundan boshlanib ketdi…”
Alamli yurish
“Real Madrid”dagi ajoyib natijalarga qaramay, ( 35 ta gol 27 ta assist) klub braziliyalik futbolchini olib qolmaslikka qaror qildi. Vaziyat yakunida, “qirollik klubi” Robinoning transferidan yaxshigina pul ham ishlab olishgani e'tiborga molik.
“Mening asosiy maqsadim “Chelsi” safiga o'tish edi. Klubning o'sha davrdagi murabbiyi Luis Felippe Skolari jamoasida menga extiyoj borligini aytgani uchun ham Londonga yo'l olishni rejalashtirgan edim.
Afsuski, “Real Madrid” rahbarlari “Chelsi” mutasaddilari bilan chiqisha olmadi. Mardidga “Chelsi” mening nomimdagi futbolkalarni shartnoma imzolashdan avval sotuvga qo'ygani manzur kelmagan ekan.”
“Hech qachon Madridni tark etganimdan afsuslanmayman. Shunchaki, barchasi yoqimsiz alfozda yakunlaganiga achinaman. Madrid menga o'z eshiklarini ochgan va Evropaga meni tanitgan klub edi”
“Men sovuqqonlik bilan qaror chiqarmadim. Oqibati haqida o'ylamadim. Afsuski yoshingiz ulg'ayib tajribangiz ortganidagina xatolaringizni anglab etar ekansiz.
“Yana bir bor menga butun dunyo futboli eshiklarini ochgan Florentina Peres bilan uchrashishni xohlayman. Uni mahkam bag'rimga bosib, o'z tilaklarimni bildirishni, menga qilgan yaxshiliklari uchun minaddorchilik bildirishni istayman.
Manchesterdagi tunggi klublar
Yakunda “Manchester Siti”dan tushgan taklifni qabul qilgan Robino katta moash va ajoyib hayotga kirib keldi.
“Menga Manchester shaxri juda ham yoqdi. Katta restoranlar, klub va … Keling yashirib o'tirmaylik, u erning tunggi klublari ham juda manzur kelgan edi.
“Doimo hayotdan zavqlanib yashashni hush ko'rganman. Shunga qaramay, inglizlar mendanda ko'proq tunggi klubda bo'lishlarini ko'rib hayron qolar edim. Jo Xart, Miko, Fillips singari futbolchilari tun bo'yi tungi klublarda bo'lsada, doimo braziliyaliklni oav nishonida qolb ketar edi.”
“ “Siti”ning rahbari Shayx Mansur bilan bir necha bor suhbatlashganman. Bizning suhbatlarimizda u Kaka va Messini jamoaga olib kelish borasida katta hajmdagi ishni amalga oshirayotgani haqida tinmay so'zlar edi”
“Men o'zim harakat qilgan jamoalarimning barchasida chempionlikni qo'lga kiritganman. Afsuski, “Siti” bundan mustasno. Faqat shu omilgina meni biroz xomush qiladi.
Jamoadoshlari haqida
Braziliyalik futbolchining jamoadoshlar borasida omadi kelgani rost. Zlatan, Bekxem, Zidan, Ramos, Karlos…
“Zlatan menga :"Seni “Milan”ga olib kelishlarini men talab qilganman. Shunday ekan, sen men tufayli shu erdasan”,-deb takrorlayverar edi. Uni kibrli deb o'ylamang! Bu shunchaki o'z kuchiga bo'lgan ishonch. Menimcha chinakam hujumchi ana shunday bo'lishi kerak”
“Mashg'ulotlar chog'ida u nuqul Jennaro Gattuzoni jangga chorlayverar edi. Qora belbog' sohibi bo'lgan Zlatan va Gattuzo o'rtasidagi jang qanday yakunlangan? Albatta har safar Ibra g'olib chiqar edi.
“Bekxem doimmo braziliyaliklar bilan birga bo'lgan. U bizning Madriddagi hamyurtlarim singari menga yaqin edi. Aslida mahalliy futbolchilar uni ispan tilidan ko'ra portugalcha so'zlashishiga xasad qilishar edi.”
4-Aprel 2020,18:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0