5 aprel. 2016 yil. Yana Chempionlar Ligasi. Yana chorak final. Yana birinchi o'yin. Yana "Barselona". Yana mag'lubiyat bilan tugagan birinchi seriya."Kamp Nou" birinchi uchrashuvni qabul qilishi nechog'liq og'irligini Kataloniya klubi Valverdedan oldinroq – Luis Enrike davrida namoyish etgandi. "Atletiko Madrid" tashrif buyurgandi "Kamp Nou"ga.Bu safar ham "Barsa" o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. "Roma"dan farqli ravishda Simeone shogirdlari birinchi bo'lib kiritishdi o'sha to'pni. O'yinning qahramoni va antiqahramoni – Fernando Torres Ter Shtegen darvozasini ishg'ol etdi. Keyin mezbonlar o'zlariga kelishdi. Tinimsiz hujumlar samara bera boshladi. Torres jamoasini uyaltirib qo'ymaganida, ko'p masala shu o'yindayoq hal bo'lishi mumkin edi. "Atletiko" foydasiga, albatta. Torres gol urganidan o'n daqiqa o'tib qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda tashlab ketdi. Shunda ham Enrike yigitlari ikkinchi bo'limda javob bera olishdi. Luis Suares 63-daqiqada hisobni tenglashtirdi. O'n daqiqadan so'ng "Barsa"ga g'alaba keltirgan golni yo'lladi.2:1 bo'lib tugagan bahsdan "Barselona" xotirjam bo'la olmasdi. Javob o'yinida "Atletiko" qiynashi aniq edi. Qiynadi ham. Bu g'alabadan asar ham qoldirmadi. Xayrulla Hamidov
5-Aprel 2020,07:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0