Huquqiy jihatdan Kataloniyaning "Barselona" klubiga tegish, ayni paytda faoliyatini Rimning "Roma" klubida ijara asosida o'tkazayotgan Karles Peres nima uchun o'zini ijaraga berib yuborilganini tushunmasligini aytib o'tdi.
«Hozir faqatgina «Roma»ning g'alabalari haqida o'ylayapman. Meni «Roma» bilan 4 yillik shartnomam bor. Xavotir olmayapman. To'g'risini aytadigan bo'lsam, nima uchun meni ijaraga berib yuborishganini tushunmayman. Men o'zimning pozitsiyamdagi boshqa futbolchilardan kuchsiz emasdim, qolaversa, yosh va tezkorroq edim. Shuningdek, men akademiyadan chiqqanman. Men ichimdan klub falsafasini tushunaman», — dedi Peres.
Qayd etish kerakki, yozda "Roma" Peresni to'laqonli ravishda sotib olish huquqini oladi, shu sababli, Peres "Roma" futbolchisiga aylanadi.
7-Aprel 2020,19:20