Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z vaqtida qanday qilib Filipp Koutinodan ayrilgani va yana uni tarkibga jalb qilishga tayyormi yoki yo'qligi haqida fikr bildirdi.
«Men haqiqatdan ham Filippni hurmat qilaman. Agar unga biror klub qiziqsa va u o'sha erga bormoqchi bo'lsa, men bu qarorini ma'qullamagan bo'lardim. Biroq, unga «Barselona» qiziqish bildirgandi. Men uning "Barselona"ga ketishga bo'lgan ishtiyoqini ko'rdim. Garchi, undan ayrilish qiyinligini bilsamda, uni qo'yib yuborgandim. Men uning ketishiga uzoq, juda uzoq qarshilik qilgandim.
U ketganidan keyin bizda biroz qiyin davr bo'ldi. Biz o'ynimizni yangi o'yinchilar bilan qayta qurdik. Hozir hammasi joyida. Men Koutinoga omad tilayman. Uning «Barsa»ga o'tishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. U haligacha o'ziga kela olmayapti.
Uning qaytishi haqida gap ketmayapti. Bu xafagarchilik yoki g'azab bilan aytilgan gap emas. Biz shunchaki barchasini qaytadan qurdik. Hozir Koutinodan «Liverpul»da qanday samarali foydalanishni bilmayman, — dedi Klopp.
7-Aprel 2020,19:50