13 aprel kuni "Barselona" klubi afsonasi Karles Puyol 42ga kirdi. Ko'z o'ngimizda tarix yozgan va maydondagi jangchilarga haqiqiy o'rnak bo'lgan yigit shu bo'ladi. "Real" muxlislari ham Karlesni hurmat qilishadi. Garchi faoliyati boshlarida murabbiylar uning o'yinidan rozi bo'lmay, qay bir klubga o'tishi lozim bo'lib qolganida, taklif faqatgina qirollik klubidan tushganida, “Hech qachon! "Real"ga o'tmayman. Undan ko'ra futbolni yig'ishtirib qo'ya qolaman!” degan yigit shu Puyol bo'lsa-da...Karles faoliyatini darvozabonlikdan boshlagan. Onasiga yoqmagani uchun himoyaga o'tib o'ynashni boshlagan. Futbolga umuman qiziqmaydigan va ikki martagina Barsa ishtirokidagi uchrashuvni stadiondan kuzatgan onaxon o'sha qarori bilan ajoyib iqtidorni kashf etganini bilarmikan?Puyol burnini sindirib olganida, maska taqib o'ynagan. Ancha uchrashuv. Muxlislar o'zini noqulay his etayotgan himoyachini qo'llab-quvvatlash uchun bir kuni ajoyib aktsiya uyushtiradilar – butun stadion maska taqib tomosha qilgan "Barselona" o'yinini. Hurmatni qarang!Puyolni nima deb atashgan, bilasizmi? Tarzan, Temir Karles va “Sheryurak”. Xavi u haqda shunday deydi: "U sher kabi qo'rqmas va adolatli”. Supermen degan nomi ham bor va buning tarixi mavjud.Karles yoshligida mahallasiga kelgan tsirkdan ilhomlanib, uydagilaridan supermenning libosini olib berishni so'raydi. Bolakayning gapiga yo'q degan javob beriladi. Karles e'tiroz qilib ikkinchi qavatdagi uyidan sakraydi. Uning bobosi bu voqeani eslar ekan, Karlesga keyinchalik libos olib berildimi, yo'qmi, eslolmaymanu, ammo hech vaqo qilmaganini bilaman. Axir, u temirdanku...”Karles Puyol bir klubda o'ynadi. Faqat. 593ta rasmiy uchrashuv. 18ta gol. Barsa tarkibida olti marta Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta kubok sog'ibi va uch bora EChL sovrindori. Ispaniya terma jamoasi bilan esa, jahon va qit'a chempioni. Yana nima kerak futbolchi uchun, aytingchi? Ham sovrinlar ham etarli, maydondagi tantiligi va adolatliligi ham etarli.Ajoyib himoyachi, futbol uchun o'rnak daho!Xayrulla Hamidov.
13-Aprel 2020,07:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0