UEFA va Yevropa klublari Assotsiatsiyasi yevrokuboklarning koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan o‘yinlarini qachon o‘tkazishni muhokama qilmoqda.
AS xabariga ko‘ra, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlarini milliy chempionatlar yakunlanganidan so‘ng o‘tkazish varianti ham bor.
Rejaga ko‘ra, Yevropa ligalari iyun-iyul oylarida milliy chempionat o‘yinlarini tig‘iz taqvim orqali yakunlab olishi kerak. Shundan so‘ng, klublar yevrokuboklarning qoldirilgan bahslarida ishtirok etishlari mumkin.
UEFA turnirlar formatini o‘zgartirishga intilmayapti. Ammo chorakfinal va yarimfinal bosqichi 1ta o‘yindan iborat bo‘lib, neytral maydonlarda o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Yevrokuboklar finali yakunlanganidan so‘ng, 3 haftalik tanaffus eʼlon qilinishi va yangi mavsum sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda.
Manbaa: tribuna.uz
13-Aprel 2020,23:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0