"Liverpul"ning sobiq ximoyachisi Jeymi Karrager 2013-yilda "Chelsi" ga qarshi o'yinda urugvaylikning himoyachi Branislav Ivanovichni tishlagani voqeasini esga oldi. Ushbu voqeadan so'ng hujumchi 10ta o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi. "Suares yechinish xonasiga kirganimizda, avvaliga buni rad etdi. Ehtimol, kameraga tushmagandir deb umid qilgandir. O'ylashimcha, bu voqea "Liverpul" ning yangi mavsumdagi o'yinlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatdi, chunki u 7-8 o'yinga tushmagan edi. U bu ishini "Ayaks"da ham qilib yurardi. Bu holat Liverpulni uni sotishga majbur qildi. U allaqachon "Barselona"ga o'tishni niyat qilgan edi va keyingi Jahon Chempionatida nimadir yuz berdi-da (Suares Italiyalik himoyachi Kiellinini tishladi - fcb.uz). Men u bilan o'ynaganman. Siz uning nohaq ekanligini bilsangizda, klub obro'si uchun uni qo'llab-quvvatlashga majbursiz. O'ylashimcha, o'sha voqealar uni o'zgartirgan, - deya yakunlaydi so'zini Karrager "Sky Sports"ga bergan intervyusida
22-Aprel 2020,04:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0