Angliyalik mashhur futbol hakami Martin Klattenburg yaqindagina “Daily Mail”nashri uchun bergan intervyusida bir nechta super yulduzlar bilan bo'lgan qiziqarli voqealarni oshkor qildi.
O'z davrida Olimpiada, EChL va Evropa chempionatlari finalida ishlagan referi “Daily Mail” nashri uchun berib o'tgan intervyusida o'zi hakamlik qilgan eng mashhur futbolchilar va ular bilan ro'y bergan qiziqarli voqealar bilan o'rtoqlashdi.
Krishtianu Ronaldu
Ronalduning buyuk futbolchi ekanligiga shubham yo'q. Bilasizmi, u jamoasining o'yini yaxshi chiqmayotgan bir paytda ham natijani o'zi tomonga og'dirib yuborishga qodir. Men avvaliga u ishtirokidagi APL o'yinlarida ishladim. Keyin “Real” tarkibida to'p surgan chog'ida ham. U har doim ajoyib sport formada va istalgan daqiqada o'yinning borishini o'zgartirishga qodir futbolchi.
Tan olish lozim, u bilan doimo yaxshi munosabatda bo'lganman. Evro 2016-final uchrashuvidan so'ng, medallarni qabul qilish maqsadida zinalardan yuqoriga ko'tarilayotganimda Krish meni mahkam bag'riga bosib olgan edi. Biz mana shunaqa qalin do'stlar edik. To'g'risi, uning final boshidayoq jarohat olishi Portugaliyaga salbiy ta'sir ko'rsatishini taxmin qilgan edim. Keyinchalik barchasi o'zgacha ko'rinish oldi. Yodimda bor, APL uchrashuvlarininsh biridan so'ng, Ronaldu o'z futbolkasiga imzo qo'ygancha uni menga sovg'a qilgan edi. Vaholanki, buni undan so'ramagan edim.
Shuningdek, 2016-yildagi EChL final uchrashuvida ham Ronaldu bilan maydonda to'qnash kelgan edim. U o'yindan so'ng, hal qiluvchi penaltini tepayotganida men bu zarba golga aylanishini aniq bilgan edim. Xayolimda faqat o'yindan so'ng darvozaga kirgan to'pni olib ketish o'tdi xolos.
Lionel Messi
Men Leo ishtirokidagi uchrashuvni birinchi bor boshqarganimda shok holatiga tushib qolganman. Bu “Barselona”ning “PSJ”ga qarshi o'yini edi. U bilan maydonda birga harakat qilar ekansan, hakamlik uslubining o'zgartirishga to'g'ri keladi. Sababi, raqiblar uni to'xtatish uchun turli uslublardan foydalanishga harkat qiladi. Bu esa, katta futbolda har kuni ham uchrayvermaydi.
Shundoqqina esimda, o'sha uchrashuvda Leoga sariq kartochka ko'rsatgan edim. Messi raqibning oyog'ini bosib olgani uchun. U kartochka borasida bahslashib o'tirmadi. Shunchaki, bosh barmog'ini ko'rsatgancha nari ketdi. Juda baland statusli futbolchi bo'lishiga qaramay, Leo maydonda juda tartibli ekanligini his etdim. Tan olish lozim, o'sha uchrashuvda bir necha bor Messining ortidan yugurib etaolmaganman.
Luis Suares
Luis bilan birinchi bor maydonda to'qnash kelganimizda, u “Ayaks” safida to'p surayotgan bo'lib, boshqargan uchrashuvimda 4 ta gol kiritgan edi. O'sha o'yindan so'ng, do'tlarimga “Ayaks”da ajoyib futbolchi etishib chiqayotganini haqida to'lqinlanib aytib berganman.
Ko'p o'tmay, “Liverpul” uni sotib olganini eshitib, xursand bo'ldim. Sababi, APLda yana bir kuchli futbolchi paydo bo'lishiga ishonchim komil edi. Keyin Premer-ligada ham “Liverpul” ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib bordim. Bilasizmi, Suares iflos futbol bilan tartibli futbolning o'rtasida harakat qiladi. U APL uchrashuvlarida ispancha so'kina boshladi. Men bunday so'zlarning turli tillarda qanday yangrashini bilganim bois, darrov unga ispan tilida javob qaytardim. Luis avvaliga kulib yubordi va hayron qoldirganimni aytib o'yindan keyin oldimga keldi. U bilan qisqa bo'lsada, quvnoq suhbat qurdik. Suares singari futbolchilar bilan til topishishni uddalay olmas ekansiz, yuqori darajadagi futbol uchrashuvlarini boshqarish juda mushkul.
Vensan Kompani
Men uni juda hurmat qilaman. U doimo hakamlar bilan ilq munosabatda bo'ladi. Unga sariq kartochka berganimda ham, qizil kartochka berganimda ham uchrashuvdan so'ng, hech narsa bo'lmagandek kelib o'yin uchun minnatdorchilik bildirib ketadi.
Yodimda bor, APL uchrashuvining birinchi bo'limida xatoga yo'l qo'ygan edim. Ikkinchi taym startida u mening oldimga kelib barcha xato qilishini eng muhimi oldinga qadam tashlash ekanligi aytib ko'nglimni ko'tardi.
Bir necha yillar ilgari Beltgiya va Isroil o'rtasidagi uchrashuvda Vinsanni maydondan chetlatgan edim. Bu ikkinchi sariq kartochka bo'lgani bois, u indamay maydonni tark etgan edi. Bir haftadan so'ng, “Old-Trafford”da u raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Men yon hakami bilan maslahatlashdim, u sariq kartochkali vaziyat ekanligini aytgach, Vinsanni ogohlantirdim. U esa, sekin oldimga keldi va “Rahmat ref, menga bir haftada ikkita qizil kartochka kerak emas edi”, degancha kulib yana o'yinga qo'shilib ketdi.
Gari Spid
Hakamlikka endi kirib kelgan chog'larimdayoq Premer-liga uchrashuvlarini boshqarishdek baxt nasib etgan. Yosh bo'lganim bois, mashhur va yoshi kattaroq fubolchilar o'yin davomida menga bosim o'tkazishga harakat qilishar edi. Ular har bir qarorimni maydonda muhokama qilar, o'yindan so'ng uzoq vaqt tortishishar edi. Ayniqsa Kreyg Bellamiga o'xshash futbolchilar o'yin davomida men bilan adovatlashishga uringani shundoqqina ko'z oldimida. Shunday bo'lsa-da, futbolchilar ichida chinakam professionallari ham mavjud. Ularga yorqin misol sifatida Garri Spidni ko'rsatishim mumkin. U o'yin davomida menning qarorlarimni olqishlar, xatolar bo'lgan chog'da to'xtab qolmaslik kerakligini uqtirar edi. U nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham menga dalda bo'lgan. Garri bilan biror marotaba maydonda gap talashganimni yoki bahslashganimni eslay olmayman. Spid maydon markazida ishonchli o'yin namoyish etar, hujumda ham himoyada ham birdek faol edi. Ayni damda, u bilan ko'rishib turmaymiz, biroq u men ko'rgan futbolchilar ichidagi eng mardlaridan biri sifatida xotiramda qoladi.
11-May 2020,12:10