«Barselona» klubi «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesni qo'lga kiritishning turli choralarini ko'rib chiqmoqda.Diario Sport nashrining xabar qilishicha, katalon klubi futbolchi va qo'shimcha to'lov evaziga Lautaroni sotib olish borasida «Inter» bilan kelishuvga erishgan.Ushbu masala yuzasidan «Barselona» uch tomonlama transfer rejasini amalga oshirmoqchi: «Barselona» himoyachisi Nelson Semedu «Manchester Siti»ga yo'l oladi, «shaharliklar» himoyachisi Joau Kanselu «Inter»ga o'tadi, milanliklar esa Lautaro transferi borasida «Barselona»ga chegirma joriy qiladi.Semedu «Siti» safiga o'tishni istamoqda, ingliz klubi ham futbolchiga jiddiy taklif bilan chiqqan. Ma'lumot uchun, joriy mavsum Lautaro klub miqyosida 31 o'yin o'tkazib, 16 gol va to'rtta samarali uzatmaga muallif bo'ldi.
13-May 2020,21:00