«Barselona» sardori Lionel Messi ispan OAVga bergan intervyusida mavsumning qayta boshlanishi va bo'lajak transferlar yuzasidan fikr yuritdi.«Yuzaga kelgan tanaffus bizning foydamizga ishlashi mumkin. Mavsum qayta boshlanadigan bo'lsa, shunda xulosa qilishimiz mumkin. Jismoniy jihatdan o'zimni yaxshi his qilyapman. Uyda shug'ullanganim uchun formamni saqlab qola oldim. Kasallik yuqtirish xavfi hamisha mavjud. Lekin bu haqda ko'p o'ylash kerak emas. Aks holda bu hech narsaga olib kelmaydi. Ammo biz ehtiyot choralariga amal qilishimiz kerak. Mavsumning qayta boshlanishini intizorlik bilan kutyapman. Tomoshabinlarsiz o'yin noodatiy bo'lishini tushunib turibman. Transferlar borasida esa, klubda u bilan shug'ullanadiganlar bor. Tarkibimizga mos keladigan o'yinchilarni ularni tanlashi kerak. Hozirgi pallada bozorda o'zgarishlar ro'y beradi. Jamoani kuchaytirish uchun to'g'ri qabul qilish kerak. Lautaro? Jamoa u bilan muzokara olib boryaptimi yoki yo'qmi, xabarim yo'q. Avval aytganimdek, Lautaro — ajoyib hujumchi. U kuchli, driblingni yaxshi ishlata oladi, gol sezish hissiyotiga ega, to'pni qanday ushlab turishni biladi», — dedi Messi "Marca" nashriga bergan intervyusida.
15-May 2020,13:00