Frantsiyaning «Monako» klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas garchi faoliyatini "Chelsi" klubida o'tkazgan bo'lsada, har doim «Arsenal» uchun qayg'urishini tan oldi.
— Men qalban «Arsenal» bilanman va bu har doim mening hayotimning bir qismi bo'lib qoladi. Men hech qachon bu ikki klub orasida sarson bo'laman deb o'ylamaganman. Siz qachonki klubga kelasiz, muhim futbolchi bo'lasiz va unvonlarni yutasiz, bu siz uchun juda ko'plab narsalarni anglatadi. Ammo, siz qaerdan kelganingizni hech qachon unutmaysiz. Men «Barselona» klubi akademiyasidan kelganman, lekin yuqori saviyadagi futbolni «Arsenal»da o'ynaganman va men buni hech qachon unutmayman. Men bir jamoada Eshli Koul, Rober Pires, Patrik Vieyra, Sol Kempbellar bilan birgalikda o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman. Klub rahbariyati mening etakchi futbolchi bo'lishimga imkon berdi va eng yaxshi futbolchi bo'lim etishishim uchun barcha narsani berdi. Men hech qachon «Arsenal» yuragimning tubidan joy olganini rad etmayman, - dedi Fabregas o'zining "Instagram" sahifasida.
15-May 2020,14:00