«Monako» yarim himoyachisi Sesk Fabregas «Monreal Impakt» bosh murabbiyi Terri Anri bilan suhbatda o'zi bilan birga o'ynagan eng yaxshi besh nafar futbolchini nomini aytdi.Futbolchi ushbu ro'yxatga Anrining o'zini ham kiritdi. Ular «Arsenal»da biga o'ynashgan. Shuningdek, 33 yoshli futbolchi «Barselona»dagi jamoadoshlari Andres Inesta va Lionel Messini tanladi. Sesk Ispaniya terma jamoasidan esa darvozabon Iker Kasilyas va yarim himoyachi David Silvani tilga oldi. Fabregas klub darajasida 13ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ispaniya termasi bilan esa bir marta Jahon chempioni va ikki marta Evropa chempioniga aylangan.Mavsum-2019/20da Fabregas «Monako» safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta golga uzatma berdi. Uning monegaskliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
16-May 2020,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0