«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirus pandemiyasi va uning ta'siri borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«O'ylashimcha, bunday holat yuzaga kelishini hech kim kutmagandi. Olimlar ba'zida pandemiya yuzaga kelishini aytishadi. Ammo vaziyat butun dunyoga shunday ta'sir ko'rsatishini tasavvur qilmagandim. Mavhum sharoitda yashash qiyin, ayniqsa, hozirgidek noodatiy vaziyatda. Barchamiz qachon ishga, mashg'ulotlarga va o'yinga qaytish haqida savol beramiz. Har qanday futbolchi uchun hozir o'z formasini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.Odamlar sportda psixologik bardoshlilik muvafaqiyatning 40, 50 yoki 60 foizini tashkil qiladi, deb gapirishadi. O'ylashimcha, bu har bir o'yinchining o'ziga bog'liq. Bundan tashqari, ruhiy tayyorgarlik har bir professional sport uchun muhim ahamiyatga ega», — dedi Messi "adidas" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
27-May 2020,20:10