«Barselona» rahbariyati koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz sabab yana o'z futbolchilariga maoshni kamaytirish borasida iltimos bilan chiqdi.Mart oyida tomonlar maoshni qisqartirish borasida kelishuvga erishgandi va mazkur kelishuvda belgilangan muddat o'z yakuniga etmoqda. Ortda qolgan uch oy mobaynida katalon klubi futbolchilari maoshining 17 foizini yo'qotdi. Buning evaziga «Barselona» 40 million evro tejab qolishga muvaffaq bo'ldi.RAC1 nashrining xabar qilishicha, klub bu safar ham maoshlarni kamaytirish taklifi bilan chiqqan, bu «Barselona»ga yana 10 millionni tejab qolish imkoniyatini taqdim etardi.Ta'kidlanishicha, bu borada «Barsa» prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning shaxsan o'zi 23 may kuni futbolchilarga murojaat bilan chiqqan. Ammo jamoa a'zolari mazkur taklifga rad javobini bergan. Ispaniya chempionati yaqin orada davom ettirilishi sabab futbolchilar bu taklifga rozi bo'lmagan.Eslatib o'tamiz, koronavirus sabab mart oyida to'xtab qolgan La Liga joriy mavsumi 13 iyundan davom etadi.
3-Iyun 2020,00:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0