«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan «Malorka»ga qarshi o'yin (4:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Hissiyotlar yaxshi. Takomillashtirishimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz hamisha mavjud, ammo men o'yindan qoniqish hosil qildim. Bu samarali harakat qildik va o'yin boshidayoq hisobda oldinga o'tib oldik.Tanaffusdan keyingi o'yinimizdan qoniqdim. Uzoq davom etgan tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvda tezlik past bo'lganini tanqid qilish mumkin, ammo, nazarimda, 10ta o'yindan iborat sprintimiz uchun bu yaxshi start bo'ldi.Suares maydonga tushib, o'z ishini yaxshi bajardi. U aqlli qarorlar qabul qildi, buning uchun uni maqtash mumkin. Albatta, u yanada yaxshiroq o'ynaydi, lekin bugun ajoyib harakat qildi.Rotatsiya uchun menda imkoniyatlar ko'p. Bu jarayonda kamroq ishtirok etadigan futbolchilar bo'ladi, lekin, umuman olganda, barchaga o'yin amaliyoti beriladi. O'yinlar tig'iz taqvimda o'tkazilganda bu normal holat», – dedi Seten.
14-Iyun 2020,10:20