Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan «Malorka»ga qarshi o'yinda "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich ikkinchi bo'lim boshidan zaxiradan maydonga tushdi.Xorvatiyalik futbolchi uchun kechagi bahs "ko'k-anorranglilar" safidagi 300-o'yin bo'ldi. 32 yoshli futbolchining musobaqalar kesimida o'tkazgan o'yinlari soni quyidagicha: La liga — 191, Chempionlar ligasi — 59, Ispaniya kubogi — 39, Ispaniya superkubogi — 8, klublar o'rtasidagi jahon chempionati — 2Evropa superkubogi — 1ta.Rakitich "Barsa" safidagi o'yinlar soni bo'yicha klub legionerlari orasida 4-natijaga ega. Lionel Messi (719), Dani Alves (391) va Xaver Maskerano (334) undan ko'proq o'yinlarda ishtirok etishgan.Rakitich 2014 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. U klub bilan 13ta sovrinni qo'lga kiritgan.
14-Iyun 2020,11:10