Mundo Deportivo jurnalisti Frantsesk Aguilarning yozishicha, kelayotgan yozda Kataloniyaning "Barselona" jamoasi norvegiyalik futbolchi Erling Holand bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo klub Lionel Messi bilan shartnoma uzaytirilsa, Kataloniya klubi 20 yoshli hujumchining transferidan voz kechishi mumkin.
"Barselona" Holandning transferi uchun 125-130 million evro atrofida mablag' sarflamoqchi. Lekin, Leoga to'lanayotgan oylik maoshi sabab, bu pulni topishi qiyin masalaligi aytilmoqda. Qolaversa, norvegiyalik futbolchini qo'lga kiritgan klub nafaqat "Borussiya"ga, balki uning agenti Mino Rayola hamda otasi Alf-Inge Xolandga ham pul to'lashi kerak.
Oldinroq "Borussiya" forvardi "Barsa" ning yangi prezidenti Joan Laportaning asosiy transfer maqsadi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
23-Mart 2021,19:20