"Mundo Deportivo" nashri Ispaniya chempionatining 29-tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Undan «Atletiko»ning birdaniga 3 nafar, «Barselona» va «Alaves»ning esa 3 nafardan o'yinchichilari joy olishdi. Shuningdek, «Valyadolid», «Espanol», «Vilyarreal» va «Betis» klublarining bir nafar futbolchilari ramziy jamoaga kiritildi.Qiziq tomoni, kecha "Valensiya" ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan "Real"ning birorta o'yinchisiga ramziy jamoadan joy ajratilmadi, hattoki "dubl"ga erishgan Karim Benzemaga ham.La liga 29-tur ramziy jamoasi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:Darvozabonlar: Jordi Masip («Valyadolid»);Himoyachilar: Martin Agirregaribiya («Alaves»), Kleman Langle («Barselona»), Leandro Kabrera («Espanol»);Yarim himoyachilar: Samuel Chukvueze («Vilyarreal»), Ektor Errera («Atletiko»), Markos Lorente («Atletiko»), Serxio Kanales («Betis»);Hujumchilar: Joau Felish («Atletiko»), Lionel Messi («Barselona»), Xoselu («Alaves»).
19-Iyun 2020,13:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0