Afsonaviy filmlarda qachondir, qaerdadir bir qahramon dunyoga kelib, butun borliqni o'zgartirib yuborishi epizodi juda ko'p uchraydi. Mana shunday hodisalardan biri insoniyat ko'z-o'ngida namoyon bo'ladi.
24 iyun, Janubiya Amerika, Argentina deb atalmish o'lkaning Rosario shahrida oddiy xonadonlardan biri, Xorxe Orasio va Seliya Mariya oilasida bir qahramon tug'iladi. Akalari va singlisi bilan shu erda ulg'ayadi. U buvisi Saliya tufayli to'p bilan oshno tutiladi.
Keyinchalik, Rosariodagi mahalliy jamoalardan birida futbol o'ynay boshlaydi. Leo ta'sirchan shu boisdan, bu mashg'ulotdan o'zini ayro his eta olmaydi. Hali dunyoga kelmasidan unga ato etilgan iqtidor va kuch uni shu ko'yga solar, balki. 11 yoshli bolakay kutilmaganda bo'y masalasi bilan bog'liq mammolarga duch keladi.
Bo'lg'usi fenomenning muolajasi uchun oyiga 900 dollor sarflashdan bosh tortib, kelajakda milliardlardan quruq qoladiganlar ham topiladi. Ammo, ushbu mitti olmos dunyo grandlaridan biri, “Barselona“ning diqqatini tortadi va klub, ko'pchilikdan farqli o'laroq bu kichik jussa kelajakda nimalarga qodir bo'lishini anglay oladi. Shundan so'ng, “Kataloniya“ Leo uchun ikkinchi uyga, qadrdon va aziz go'shaga aylanadi. Messi bu erda o'sadi, kamol topadi. Yillar o'tib, u nafaqat uz yurti balki, har bir Ispaniyalik uchun sevimliga aylanadi. Hatto, Kataloniyadagi har bir xonadon u bilan dasturxon atrofida kechki ovqat qilishga intiqadi. Unin maydondagi harakatlari shu qadar hayratlanarli bo'ladiki, unu to'xtatish mushkulotga aylanadi. O'z yoshi toifasida olimpiada va jahon chempioni bo'ladi. Shundan so'ng, katta orzular tomon harakat boshlanadi. Maydonda Xavi, Inesta va Ronaldino kabi daholar, maydon tashqarisida esa Kroyf, Raykard, Givardiola singari ustozlar uni mukammalik sari etaklaydi va u 22 yoshida mana shu cho'qqini zabt etadi. So'ng, bu ishni yana 5 marta balki, undan ham ko'proq takrorlaydi. Uni “sehrgar“, “afsona“, “qirol“, “o'zga sayyoralik“ kabi nomlar bilan atashadi. Hatto, eskirgani sari yaxshilanib boradigan vinoga qiyoslaganlar ham bo'ladi. Chunki, u bir qancha o'nlab rekordlarni yangilab tashlaydi, sovrinlarni magnit singari o'ziga tortib olaveradi.
Uning futboldagi yo'li bir tekis bo'lmaydi. Mag'lubiyatlar, achchiq xotira bo'lib saqlanadi, bo'shliqlar, etishmovchiliklar yuzaga keladi. Ammo, Messi to'xtamaydi, aksincha qiyinchliklarda toblanib, yanada kuchli bo'lib boraveradi. Vaqti kelib, uni asr futbolining asl qahramoni deya e'trof etishganida bashorat amalga oshadi!
Dadajon FOZILJONOV
24-Iyun 2020,19:20