
"El-klasiko"ga sanoqli kunlar qolganda "Barselona" qanot vingeri Lamin Yamal "Real"ga sha'niga nomaqbul so'zlar aytdi.
18 yoshli futbolchining aytishicha, Madrid klubi Ispaniya Medialigasidagi klublardan biri singari "firibgarlik qiladi va shikoyat qiladi".
Marca jurnalistlarining xabar berishicha, Yamalning so'zlari "Real" kiyinish xonasida aks-sado bergan va o'yin oldidan futbolchilarni yanada ruhlantirgan. "Qaymoqranglilar" bu vaziyatni juma kungi mashg'ulotda muhokama qilishdi.
"Umumiy fikr shundan iboratki, Yamal - maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari bilan "Real" futbolchilarini biroz charchatadi", - deyiladi xabarda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "Real" futbolchilari Yamal kasbiy axloq-odobga rioya qilmayapti deb hisoblashmoqda. Biroq madridliklar bunga uncha hayron qolishmadi. Chunki futbolchi hali juda yosh.
"Real" - "Barselona" o'yini 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15'da boshlanadi.
 
  24-Oktyabr 2025,21:30
 24-Oktyabr 2025,21:30  
 




 415
415