«Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanich rasman «Barselona» a'zosiga aylandi. Bosniyalik futbolchining transferi uchun "ko'k-anorranglilar" 60 million evro to'laydi. 30 yoshli futbolchining ishtirokidan kelib chiqib kataloniyaliklar yana 5 million evro to'shlashi ko'zda tutilgan.Pyanich "Barsa" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 400 million evro etib belgilandi. Miralem joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Barselona» safiga kelib qo'shiladi. Pyanich 2016 yilning yozida «Roma»dan «Yuventus»ga o'tgan edi. Bu vaqt davomida u turinliklar safida 171ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 36ta golli uzatmaga mualliflik qildi.Eslatib o'tamiz, biroz avval «Barselona» o'z futbolchisi Artur Meloning «Yuventus»ga transfer qilingani haqida ma'lumot tarqatgan edi.
29-Iyun 2020,22:30