Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes «Barselona»ni boshqarish niyati borligini ma'lum qildi."Mening katta orzum — «Barselona» bosh murabbiyiga aylanish. Men bu klubda barchasini noldan tashkil etish imkoniyatiga ega bo'lishni va muvaffaqiyatlarga erishishni istayman. Men va mening murabbiylar shtabim bu ishga tayyorlanyapmiz. «Barselona»da futbol qarorlarini qabul qilishni istashimni ko'p marta takrorlaganman.Prezidentlik saylovidan keyin klubga qaytish ideal bo'lardi. Yanvar oyida «Barselona» menga taklif bilan chiqdi, ammo o'shanda vaqt ham, sharoit ham menga to'g'ri kelmasdi. Umid qilaman, ular yana bir marta meni jamoaga taklif qilishadi", — dedi Xavi. Xavi 1998-2015 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. U klub safida jami 767ta o'yinda maydonga tushib, 85ta gol urgan.
29-Iyun 2020,23:50