Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi, Lionel Messining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Pedri argentinalik yulduzning o‘yiniga bo‘lgan hayratini yashirmadi.

«Men u bilan birga o‘ynash va shug‘ullanish baxtiga muyassar bo‘lganman, undan ko‘p narsani o‘rgandim. Hozir esa shunchaki uning o‘yinidan zavq olyapman. Uning o‘z yoshida qilayotgan ishlarini faqatgina o‘zi uddalay oladi», — dedi Pedri «DSports»ga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda Messi jahon chempionatida o‘z jamoasining barcha 5 ta goliga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz