Angliyalik hujumchi Markus Reshford «Manchester Yunayted»da qolmaydi. Bu ma’lumotni jurnalist Ekrem Konur e’lon qildi.
Manbaga ishonadigan bo‘lsak, «Barselona» ijara muddati yakunlanganidan keyin 28 yoshli futbolchini sotib olmoqchi emas. Futbolchining «qizil iblislar» bilan yana ikki yillik shartnomasi bor, biroq APL grandi u uchun yangi jamoa izlamoqda. Ta’kidlanishicha, Reshfordning shartnomasida 40 million yevrolik sotib olish opsiyasi mavjud.
Reshford — «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoa safida 426 ta o‘yin o‘tkazib, 138 ta gol urdi va 79 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «Barselona» tarkibida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 14 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0