«Real» va «Barselona» «Roma»ning marokashlik xavbeki Neyl El-Aynaui transferi uchun kurash olib borishadi. Bu haqda «El Nacional» nashri xabar bermoqda.
Futbolchining mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt El-Aynauining qiymatini 23 million yevroga baholamoqda.
Ayni paytda yarim himoyachi Marokash terma jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda. Neyl El-Aynaui guruh bosqichidagi barcha uchta o‘yinni asosiy tarkibda o‘tkazdi. Ularda futbolchi biror bir natijali harakat amalga oshirmadi. Marokashliklar pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0