«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoaga vinger Entoni Gordonning kelib qo‘shilgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Menga Gordonning «Barsa»ga amalga oshirgan transferi yoqdi. Biz unga qarshi Chempionlar ligasida o‘ynagan edik. Gordon — juda g‘ayratli (energiyaga boy) o‘yinchi, u ko‘p yuguradi va jamoa uchun o‘zini fido qiladi. Bu juda muhim», — deya Kubarsining so‘zlarini Barça Universal nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Gordonni ushbu mavsumslararo tanaffusda «Nyukasl»dan sotib olgan edi. Yakunlangan mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.
Gordonning xaridi Kataloniya klubiga 80 million yevroga tushdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0