«Barselona»ning sobiq hujumchisi Luis Suares Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi jamoaga baho berdi. Urugvaylik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» uni hayratda qoldirayotganini tan oldi.

«Flikning «Barselona»si hayratlanarli darajada. Haqiqat shundaki, har yili bir xil gapni gapirishadi: ular sur’atga dosh bera olishmaydi, yuqori pressingga qarshi tura olishmaydi, bunday yuqori himoya chizig‘i ularni qiynab qo‘yadi... Shunga qaramay, ular buni davom ettirishmoqda.

Jamoa natija berishda davom etmoqda. Flik futbolchilarga juda yaqin murabbiydek ko‘rinadi. U ochiq gapiradi, ularga haqiqatni aytadi. Agar o‘yinchilardan kimdir uchrashuvda maydonga tushmasa, u buni tushuntiradi va sabablarini keltiradi. Bu esa futbolchilar uchun juda muhim», — dedi Suares.

Ortda qolgan mavsumda «Barselona» Ispaniya chempioni va mamlakat Kubogi sohibiga aylandi.

Manba: Stadion.uz