«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal yaqin kelajakda klubni tark etmoqchi emas.
19 yoshli futbolchiga Angliyaning «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirgan edi, biroq ispaniyalik o‘yinchi muzokaralar olib borishni istamadi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo. Yosh yarim himoyachi o‘zining qadrdon klubida muvaffaqiyatga erishishni orzu qiladi. «Ko‘k-anorranglilar» rahbariyati esa futbolchini «daxlsiz» deb hisoblaydi.
O‘tgan yilning sentyabr oyida Mark Bernal 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari «Barsa»ning umidli tarbiyalanuvchisi qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0