«Barselona»ning germaniyalik golkiperi Mark-Andre ter Shtegen ijara huquqi asosida «Ayaks»ga ko‘chib o‘tishga tayyor. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi sport direktori Yordi Kroyf va bosh murabbiy Michelning loyihasiga ishonch bildirmoqda, biroq transfer amalga oshishi uchun «Barselona»ning yakuniy roziligi zarur. «Ayaks» Ter Shtegen maoshining faqatgina 15 foizini o‘z zimmasiga olishga tayyor, qolgan barcha qismini esa «ko‘k-anorranglilar» to‘lab berishlariga to‘g‘ri keladi.

Yanvar oyidan may oyiga qadar Ter Shtegen ijara asosida «Jirona»da to‘p surgan edi. O‘sha vaqtda jamoani aynan Michel boshqarayotgan edi. Germaniyalik posbon La Ligada ikkita o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan ikkita gol olib chiqqan.

Manba: Stadion.uz