«Barselona» klubi 22 yoshli yarim himoyachi Mark Kasado bilan qaysi summa evaziga xayrlashishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Tuttosport nashri xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» o‘z futbolchisini 20 million yevroga baholashmoqda. Yaqin vaqt ichida Kasadoning xizmatlari Italiyaning «Milan» klubiga taklif qilinadi.
Avvalroq, Kasadoning o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida jamoasini o‘zgartirishni istayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Yakunlangan mavsumda Kasado barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlar davomida xavbek bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» — Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Xansi Flik shogirdlari chempionatning 38 ta o‘yinida 94 ochko jamg‘arishgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0