«Tottenxem» klubi «Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshfordga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.
«Shporlar» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi 28 yoshli futbolchining transferini amalga oshirishni talab qilmoqda, biroq londonliklar rahbariyati «qizil iblislar» tomonidan Premyer-liga vakillari uchun belgilangan 40 million funt sterling (taxminan 46,5 million yevro) miqdoridagi mablag‘ni to‘lashga tayyor emas. Bu haqda The i Paper nashri xabar bermoqda. Shuningdek, ushbu transfer amalga oshishi uchun futbolchining o‘zi ham maoshi kamayishiga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Yakunlangan mavsumda Markus Reshford ijara asosida Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p surdi. Transfermarkt ekspertlari uning ayni paytdagi transfer bahosini 40 million yevroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0