«Barselona» klubi Venesuelada sodir bo‘lgan va mamlakatda gumanitar inqirozni keltirib chiqargan zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berish maqsadida xayriya mablag‘larini yig‘ish kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi.

24 iyun kuni Venesuelada 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita vayronkor zilzila yuz berdi. Ayni paytga kelib halok bo‘lganlar soni 1400 nafardan oshdi, bir necha ming kishi jarohatlandi.

Kataloniya klubi xayriya fondiga dastlabki yordam sifatida 100 ming yevro miqdorida mablag‘ ajratadi. Yig‘ilgan pullar inqiroz hududida favqulodda yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, jumladan, jabrlanganlarni oziq-ovqat va suv bilan ta’minlayotgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Klub rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» muxlislari «Barselona»ning rasmiy do‘konlaridan xaridlarni amalga oshirishda hisobdagi summani yaxlitlash orqali xayriya qilishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz