Lissabonning «Benfika» klubi «Barselona»ning sobiq himoyachisi Kleman Lengle bilan shartnoma imzolaydi. Bu bo‘lajak transfer haqida insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Lengle 31 yoshda bo‘lib, uning transfer huquqi Madridning «Atletiko» klubiga tegishli. Uning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, transfer borasida barcha tomonlar allaqachon o‘zaro kelishuvga erishishgan. Himoyachining «Benfika» bilan imzolaydigan shartnomasi uch yilga mo‘ljallanadi.
Yakunlangan mavsumda «burgutlar»ning bo‘lajak yangi a’zosi «Atletiko» tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Langle faoliyati davomida «Barselona»dan tashqari Fransiyaning «Nansi», Ispaniyaning «Sevilya», shuningdek, Angliyaning «Tottenxem» va «Aston Villa» klublarida ham to‘p surgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0