"Barselona"ga tegishli bo‘lgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen Niderlandiya ligasida o‘ynashi mumkin. Bu haqda insayder Janluiji Longari ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Amsterdam gigantlari nemis darvozabonining transferi bo‘yicha "ko‘k-anorranglilar" bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar kelishuvga yaqin. "Ayaks" ter Shtegenning transferini to‘liq amalga oshirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mark-Andre o‘tgan mavsumda Ispaniyaning boshqa bir klubi "Jirona"da ijara asosida o‘ynagan. U jamoa safida atigi ikkita La Liga o‘yinida maydonga tushgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0