Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 finalidayoq o‘z yurishini to‘xtatgan bo‘lsa-da, «Barselona» klubi yarim himoyachi Frenki de Yongning turnirdagi ishtirokini ijobiy baholadi. Bu haqda sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Ronald Kuman jamoasining yetakchilaridan biri bo‘lgan niderlandiyalik futbolchining individual o‘yinidan mamnun bo‘lishgan. Qayd etilishicha, de Yong musobaqa davomida yana bir bor o‘z ustunliklarini namoyish eta olgan: maydon markazini ishonchli nazorat qilgan, to‘pni oldinga chiqarish va raqib himoyasini yorib o‘tuvchi uzatmalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan.

«Barselona» rahbariyati ayniqsa Marokashga qarshi kechgan bahsga alohida e’tibor qaratgan. Yarim himoyachi yaqindagi jarohatlardan keyingi xavotirlarga qaramay, jismoniy yuklamani a’lo darajada ko‘tarib, maydonda to‘liq 120 daqiqa harakat qilgan.

Niderlandiya terma jamoasi turnirni tark etgach, futbolchi qisqa muddatli ta’tilga yo‘l oladi va shundan so‘ng Hansi Flik qo‘l ostidagi jamoaning mavsum oldi yig‘inlariga kelib qo‘shiladi.

Manba: Stadion.uz