Londonning «Chelsi» klubi «Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi transferi bo‘yicha harakat boshladi. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «aristokratlar» 19 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklarga 80 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqishgan, biroq «ko‘k-anorranglilar» bu taklifni rad etgan. Londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa mudofaa chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va Kubarsini yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsad etib belgilagan. Biroq «Barselona» o‘z tarbiyalanuvchisini daxlsiz deb hisoblaydi va uni sotish bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda Pau Kubarsi kataloniyaliklar safinda barcha turnirlar doirasida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz