«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Mark-Andre ter Shtegenning jamoadan kutilayotgan ketishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yaqin vaqt ichida futbolchi «Ayaks»ga o‘tishi kutilmoqda.
«Ter Shtegen bilan bog‘liq vaziyat qanday ekanini bilmayman. Agar barcha tomonlar ketish eng yaxshi qaror deb hisoblasa, umid qilamanki, bu Mark uchun eng yaxshisi bo‘ladi. Ikkita qiyin mavsumdan keyin u uchun eng muhimi — to‘g‘ri tanlov qilishdir», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ter Shtegen «Jirona»da ijarada o‘tkazdi. 34 yoshli darvozabon bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi, shundan so‘ng og‘ir jarohat oldi.
Qo‘shimcha qilish joizki, germaniyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0