«Barselona» va «Monako» Ansu Fatining to‘liq transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi», — deya xabar beradi Kataloniya klubi matbuot xizmati.
O‘tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi «Monako» safida ijara asosida to‘p surdi. U Liga 1 doirasidagi 25 ta uchrashuvda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«O‘tgan yozda «Barselona»dan knyazlik klubiga ijara asosida o‘tgan ispaniyalik hujumchi endi rasman «Monako» o‘yinchisiga aylandi. Tomonlar to‘rt mavsumga — 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzoladilar. Xush kelibsan, Ansu!» — deyiladi «Monako» bayonotida.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0