«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroga hali ham «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Janluiji Longarining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi bosh murabbiy Roberto De Dzerbi uni yo‘qotishni istamayotganiga qaramay, shu yozda «shporlar» safini tark etmoqchi. Ushbu jahon chempioniga anchadan beri da’vogar hisoblangan «ko‘k-anorranglilar» va «matraschilar» vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Shuningdek, 28 yoshli futbolchini A Seriya grandlari ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq ular uchun o‘yinchining narxi juda balandlik qiladi.
Kristian Romeroning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali londonliklar sardorining transfer bahosini 45 mln yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0